🎬 VFX va Animatsiya - Bu faqat knopkalar emas. Bu - fan va ijod orasida joylashgan soha.
Ko‘pchilik bizni bir dona kompyuterda, kerakli vaqtda kerakli knopkani bosib, “hamma narsa o‘z-o‘zidan bo‘lib ketadi” deb o‘ylaydi.
Lekin bu ishni ichidan ko‘rgan odam biladi:
🎨 bir proektda inson anatomiyasini o‘rganasiz
🌪 boshqasida – tornado ichida chang qanday aylanadi, shuni hisoblaysiz,
💡 yana birida – yorug‘lik qanday materialdan qanday aks etadi, deb bosh qotirasiz.
Har safar yangi olam, har safar yangi zadacha.
Qachonki bir sahnani ijrosini tugatganizda - xuddi murakkab matematik formulani to‘g‘ri yechganday zavq beradi. Chunki bu nafaqat kompyuter ishi - bu kuzatish, fikrlash, his qilish va qayta qurib chiqish san’atidir.
👨💻 Ayni damda studiyamizni aylanib chiqsam bir bola tepaliklarda o't-o'lanlar o'sib chiqish nuqtalarini o'rgavotti, boshqa biri kiyim bichishni analiz qivotti. boshqa ijodkor esa suv to'lqinlari uchun formulalar yozib chiqvotti... Videoda ertalab soat 8dan hozirgacha random kadrlar.